E’lon!!! 2024-yil 15-mart kuni TMA farmakologiya kafedrasida 1-kursda normal fiziologiya, patologik fiziologiya va farmakologiya fanlari o‘rtasida integratsiyalashgan “Anemiyaning fiziologik va patologik jihatlari va ta’sir qiluvchi dori vositalari eritropoez farmakologiyasi” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi. Xalqaro fakulteti – TMA -KSMU 301-guruh va 1-davolash fakulteti 201-guruh talabalari uchun. Ma’ruzachilar: dotsentlar Saydalixo‘jaeva S.Z., Zayseva O.A., katta o‘qituvchi Tajiboyeva R.B. Ma’ruzada eritropoez, anemiya fiziologiyasi, patologik fiziologiya nuqtai nazaridan ko’rib chiqildi va farmakodinamikasi va farmakokinetikasi, eritropoezga ta’sir qiluvchi dori vositalarini qo’llash xususiyatlari o’rganildi.

Bizda Ajoyib Yangilik!!!!!!!!! Kafedramiz tayanch doktoranti Djanayev Gayrat Yusupovichning PhD himoyasi kuni e’lon qilindi. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi», 14.00.17-Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1722. Ilmiy rahbar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02. Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda To‘raevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Etakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro hamkorlik faoliyatini o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta‘lim muassasalari va tibbiyot markazlarining professor-o‘qituvchilari va mutaxasisslarini jalb etish evaziga kun sayin takomillashtirib bormoqda. Shu kunlarda farmakologiya kafedrasida Qozog‘istonning Xo‘ja Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti Umumiy xirurgiya va farmakologiya kafedrasi professori U.A.Jumaboyev o‘z amaliyotini o‘tamoqda. 13-25-noyabrga qadar davom etadigan stajirovkaning har tomonlama samarali o‘tishi uchun Toshkent ttibbiyot akademiyasida barcha sharoitlar yaratilgan.

28-sentabr kun lavhasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti Farmakologiya kafedrasida “#Xon_atlas#” umumxalq festivali doirasida professor-o´qituvchilar,talabalar “Xon atlas” haqidagi ma´lumotlar bilan tanishib, #Xonatlas_chelenji goʻzal va betakror milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi,milliy ramzi bo‘lgan “Xon atlas” dan tikilgan liboslarda Qadriyatlarimizni madh etib she´rlar o‘qidilar.