“Zamonaviy farmakologiya va farmatsiya: dolzarb masalalar, innovatsiyalar va yutuqlar”

2025-yil 18-aprel Toshkent tibbiyot akademiyasida “Zamonaviy farmakologiya va farmatsiya: dolzarb masalalar, innovatsiyalar va yutuqlar” mavzusida xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi o‘quv-uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir farmakologiya va farmatsiya sohasidagi so‘nggi ilmiy yangiliklar, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or tajribalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Anjumanda O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan yetuk olimlar, tajribali farmatsevtlar, tibbiyot sohasi vakillari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqish, ularning sifatini nazorat qilish, zamonaviy dori vositalarining samaradorligi va xavfsizligi, shuningdek, dori-darmonlar bilan bog‘liq global muammolar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Ushbu anjumanda ishtirokchilarga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish, ilmiy-uslubiy tajriba almashish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari yaratildi.

 

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *