Integrallashgan mahorat darsi “Taʼlim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.” Shavkat Mirziyoyev

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan texnikumlar o‘qituvchilari uchun “Farmakologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari — PhD G.Y. Djanayev, PhD S.A. Sultanov va Dc dotsent Z.А. Zuparova tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan integrallashgan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Dars doirasida ikki muhim mavzu — “Me’da yara kasalligi farmakoterapiyasi va oldini olish strategiyalari” hamda “GPP standarti bo‘yicha dorixonalarni tayyorlash” zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida chuqur yoritildi.
Mazkur mahorat darsi professional ta’lim tizimi pedagoglari uchun ilg‘or tajribalarni o‘rganish, amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish va ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratdi. O‘qituvchilar o‘zaro fikr almashish, yangicha dars metodlarini muhokama qilish va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ularni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mahorat darsining bosh maqsadi — ta’lim jarayoniga innovatsion, zamonaviy va metodik jihatdan puxta ishlangan yondashuvlarni joriy qilish, o‘qituvchilarning pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish, hamda ularni pedagogik texnologiyalar bilan yanada qurollantirishdan iboratdir. Bunday darslar nafaqat o‘quvchilarni fanlarga qiziqtirish, balki o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi va yangicha metodlarni amaliyotga qo‘llashiga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan muhokama, savol-javoblar, o‘zaro taklif va mulohazalar almashildi. Ushbu mahorat darsi tashkilotchilar va qatnashchilar uchun ta’lim sifatini oshirish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *