
✅ Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Farmakologiya” kafedrasi dotsenti Z.A. Zuparova, kafedra assistenti, PhD S.A. Sultanov vа assistent Sh.E. Xabibullayev tomonidan tibbiyot texnikumlarida o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi seminar darslari o‘tkazildi.
🔹 Seminar doirasida texnikum o‘quvchilari uchun “Yurak-qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi dori vositalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Shuningdek, “Sog‘lom turmush tarzining eng asosiy masalalari” mavzusida ochiq seminar ham tashkil etildi.
Mazkur tadbir samimiy muloqot va faol ishtirok muhiti ostida o‘tdi.
🤝Seminar yakunida kelgusida hamkorlikda ilmiy maqolalar yaratish, shuningdek, kafedrada o‘tkaziladigan seminar va ilmiy-amaliy anjumanlarga texnikum pedagoglarini jalb etish kabi muhim rejalar belgilab olindi


