
Toshkent davlat tibbiyot universitetida universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov boshchiligida kafedralarning 6 oylik faoliyatini o‘rganish hamda Prezident qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, aniq chora-tadbirlar rejasi hamda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha mas’uliyatli topshiriqlar belgilab olindi. Universitet rahbariyati tomonidan kafedralar faoliyatini yanada takomillashtirish va Prezident qarorlari ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.


