29.09.2018 yil Ustoz va murabbiylar kuniga bagʼishlab davra suhbati

Bugungi kunda yurtimizda minglab maktab, litsey, kollej, oliygohlar dunyo standartlariga javob beradigan qilib bunyod qilindi va qayta taʼmirlandi. Uzoq qishloq va togʼli hududlarda ham mana shunday goʼzal ilm dargohlarini koʼrib koʼzing quvonadi. Аyniqsa, turli – tuman kitoblarni chop etilishi, bizni xursand qiladi. Erta tongdan maktabga toʼp-toʼp  boʼlib borayotgan yoshlarni koʼrib koʼzing quvonadi. Ularning murgʼak qalblari, uzoqni koʼzlagan orzulari, shodu xurramliklarini koʼrib, bolalikka qaytgin keladi.  Bugun chet tillarida ravon soʼzlashayotgan, dunyo oʼquvchilari orasida birinchi oʼrinni egallab kelayotgan yoshlarni koʼrganda: » Аsli ibn Sinolar, Beruniy va Buxoriylarning avlodlarida asli nasli toza yoshlarda deb faxrlanamiz. Tashkil etilgan tadbirda kafedra mudiri M.J.Аllaeva soʼzga chiqib ustozlarni 1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuni bilan tabrikladi. Talabalar ham soʼzga chiqib ustozlarni bayramlari bilan tabriklab,, mashaqatli kasblarida muvofaqqiyatlar tiladilar.

 

Tadbirdan fotolavhalar

 

 

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan