Toshkent davlat tibbiyot universitetining rasmiy munosabati

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-apreldagi “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti (Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida) tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 23-apreldagi qaroriga asosan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimiga Shuhrat Abdujalilovich Boymuradov tayinlandi.

Mazkur tayinlov 2025-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida soha vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda rasman e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash vaziri yig‘ilishda ishtirok etgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashib, tayinlov va Prezident qarorida ko‘zda tutilgan maqsadlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Prezident qaroriga muvofiq, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etildi. Yangi universitet tibbiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga ixtisoslashgan zamonaviy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan