Toshkent davlat tibbiyot universitetida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga “Murojaatnoma»sining mazmun-mohiyatini tanishtirish bo‘yicha seminar” bo`lib o`tmoqda

 

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi Prezident Murojaatnomasida belgilangan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini, xususan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, tibbiy ta’lim sifatini oshirish hamda “Inson qadri uchun” tamoyilini oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga izchil tatbiq etish masalalarini professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash, kasbiy ta’limni takomillashtirish, shuningdek Murojaatnomada belgilangan vazifalarning oliy tibbiy ta’lim tizimidagi amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Sh.A. Boymuradov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “O‘zbekiston tarixi va antropologiya” kafedrasi professori A.A. Mavrulov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T.A. Bobomurodov, professor-o‘qituvchilar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan