Oʼzbekistonda farmakologiyaning rivojlanishi
Oʼzbekistonda farmakologiya sohasiga oid birinchi kafedra 1920 yilda Toshkent shahrida yangi ochilgan Turkiston Davlat universiteti meditsina fakulьteti tarkibida dastlab farmakologiya, farmatsiya va farmakognoziya nomi bilan tashkil qilingan. Yangi tashkil etilgan kafedraga Rossiyaning Sankt-Piterburg shahridan safarbar etilgan professor Ivan Ivanovich Markelov (1869-1944 yy.) 1920-1930 yillar mobaynida mudirlik qilgan. Kafedra tashkil etilgan dastlabki yillarda oʼqituvchilarning yetishmasligi sezilib turgan. Oʼttizinchi yillarga qadar unda professor I.I.Markelov, assistentlar N.N.Kompantsev, K.I.Siverskaya va L.G.Merkulovlar ishlagan. 1930 yilda universitetning meditsina fakulьteti mustaqil boʼlib, Oʼrta Osiyo Davlat meditsina institutiga aylantirilgan. Yana ikki yildan keyin, yaʼni 1932 yilda Toshkent meditsina instituti deb atala boshlangan. Farmakolog kadrlarni, ayniqsa mahalliy xalq vakillarini, jadallik bilan tayyorlash oʼtkir muommoga aylanganligi tufayli bu masala koʼproq aspirantura yoʼli bilan hal qilingan. Shuning uchun ham I.K.Komilov, M.B.Sultonov, R.S.Sogʼatovlar kafedraning birinchi aspirantlari boʼlishgan va ayni vaqtda, oʼqituvchilik faoliyati bilan ham shugʼillanishgan.
1933 yilda kafedraning mudiri etib N.N.Kompantsev (1893-1984 yy.) tayinlangan. U yangi psoralen preparatini V.Z.Mazgutov bilan hamkorlikda amaliyotga tadbiq etgan. Bu davrlarda K.I.Siverskaya (1938 y.), I.K.Komilov (1940 y.) va M.B.Sultonovlar (1941 y.) nomzodlik dissertatsiyalarini dastlabki yoqlagan xodimlar boʼlishgan.
Ulugʼ Vatan urushi boshlanishi bilan kafedraning bir guruh oʼqituvchilari (I.K.Komilov, M.B.Sultonov, N.А.Kambulin) frontga joʼnatilgan. Shuning bilan birga sobiq Ittifoqning boshqa shaharlaridan evakuatsiya qilingan farmakologlar – professor V.V.Nikolaev (Moskva sh.), dotsent M.I.Olьshanskiy va assistent Ye.А.Stegaylolar (Rostov sh.) kafedrada talabalar bilan shugʼullanishgan. Bulardan tashqari, T.Gʼ.Sultonov, M.O.Oripov va I.F.Fatxullaevlar aspirant etib tayinlanishgan.
Keyinchalik R.S.Sogʼatov va M.B.Sultonovlar Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligidagi masʼul ishlarga jalb qilinishgan, I.K.Komilov esa Oʼlka meditsina instituti farmakologiya laboratoriyasiga mudir etib tayinlangan. Keyin bu laboratoriya OʼzFА Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti tarkibiga oʼtkazilgan. Bu davrda R.S.Sogʼatov (1944 y.), N.А.Kambulin (1946 y.) va T.Gʼ.Sultonovlar (1949 y.) nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan edi.
Shunday qilib, elliginchi yillarning oxirida kafedrada dars berish professor N.N.Kompantsev, dotsentlar – N.А.Kambulin, T.Gʼ.Sultonov, assistentlar – K.I.Siverskaya, M.O.Oripov, I.F.Fatxullaevlar tomonidan amalga oshirilgan. Biroz vaqt oʼtib, kafedrada V.Z.Mazgutov, T.Boyjonov va N.T.Toʼlaganovlar oʼqituvchilik qila boshlashgan. N.G.Babaeva va D.E. Tuniyantslar aspiranturaga qabul qilingan. Leningradda farmakologiya boʼyicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan B.R.Xoʼjaev assistentlar qatoridan joy olgan. Keyinroq V.Z.Mazgutov (1967 y.), N.G.Babaeva (1967 y.) va D.E. Tuniyants (1971 y.) nomzodlik darajasini himoya qilishgan. Kafedrada ishlab, Qirgʼiziston meditsina institutiga ishga oʼtgan Ye.А.Stegaylo 1962 y. doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Shu yillar mobaynida kafedra jamoasiga Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya laboratoriyasida faoliyat olib borayotgan t.f.d. Oʼ.B.Zokirov, tibbiyot fanlari nomzodlari Q.N.Nadjimutdinov, M.M. Аzimov, K.А.Joʼraeva, M.А.Magʼrupova, N.А.Eshmuhamedov, N.V.Аbdumalikova, Sh.S.Umarova, F.T.Toshmuhamedovalar kelib qoʼshilishgan. S.M. Vishnevetskaya va Sh.X.Xusanovlar aspiranturaga kirishgan.
1969 yilning sentabr oyidan professor N.N.Kompantsev professor-maslahatchi lavozimida ishlay boshlagan. Uning oʼrniga kafedra mudiri etib dotsent I.K.Komilov (1909-1985 yy.) tayinlangan.
1968 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan Oʼ.B.Zokirov 1970 yilda kafedraning professori etib saylangan. 1971 yilda I.K.Komilov va 1974 yilda Q.N.Nadjimutdinov doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashgan. 1971 yilda mohir pedagog dotsent N.А.Kambulin nafaqaga chiqib, Krasnodar shahriga koʼchib ketgan. 1972 yilda M.M.Аzimov dotsent va 1974 yilda Q.N.Nadjimutdinov professor lavozimlariga oʼtkazilgan.
1972 yilda Toshkent shahrida Oʼrta Osiyo meditsina pediatriya institutining (SАMPI) ochilishi munosabati bilan uning farmakologiya kafedrasini tashkil qilish maqsadida assistentlar V.Z.Mazgutov va F.T. Toshmuhamedovalar borishga rozilik berishgan. Keyinchalik mazkur dargohda Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya laboratoriyasida faoliyat olib borgan buyuk oʼzbek ayol farmakologi, professor S.S.Аzizova (1934-2014 yy.) samarali faoliyat olib borgan.
Yetmishinchi yillarning oʼrtalariga kelib, Sh.M.Muzrabekov (1974 y.), Z.Z.Hakimov (1975 y.) va R.Gʼ.Gʼanieva (1975 y.) nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.
1978 yilda professor I.K.Komilov kafedra mudirligidan professor-maslahatchi lavozimiga oʼtkazilgan. Unga tanlov orqali mudir qilib professor Oʼ.B.Zokirov (1934 y.t.) saylangan.
1982 yilda kafedra xodimlarining bir qismi (professor Q.N. Nadjimutdinov, dotsent N.G.Babaeva, assistentlar N.А.Eshmuhamedov va Sh.M. Muz-rabekovlar) yangi tashkil qilingan klinik farmakologiya kafedrasiga oʼtib ishlab boshlashgan va uning kafedra mudiri qilib professor Q.N. Nadjimutdinov (1931-2003 yy.) tayinlangan.
1980-1990 yillar mobaynida Ye.D.Bajenova (izlanuvchi), S.M. Vishnevetskaya, Sh.X.Xusanov, Ye.А.Voloxvyanskiy, L.S.Knyazeva, А.J.Joʼraev (izlanuvchi), S.Z.Mirtursunova (OʼzFА Fiziologiya instituti), D.P.Kim (OʼzFА Oʼlka meditsina instituti), Sh.J.Nurmuhamedova, B.Sh.Shoislomov, I.U. Uzoqov, M.Tolipova (izlanuvchi), M.T.Аlimova (izlanuvchi), D.Yo.Teshaboev, А.T.Nikbaev, Sh.M.Maxsumov, M.А.Shokirova, Ye.V.Okunskaya, А.X.Xojiev (izlanuvchi), B.Sh.Xoltaev nomzodlik dissertatsiyalarini, E.Baldandorj (Moʼgʼiliston), Z.Solixoʼjaev (TashFarmI) va M.M.Аzimovlar doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli yoqlashdi.
Professor Oʼ.B.Zokirovning Toshkent farmatsevtika institutiga rektor etib tayinlanishi munosabati bilan 1985-1988 yillar mobaynida kafedraga mudir qilib dotsent M.M.Аzimov (1935 y.t.) saylangan edi. Oʼ.B.Zokirov oʼrindoshlik asosida ushbu kafedrada professorlik lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirgan. 1988 yildan boshlab professor Oʼ.B.Zokirov kafedraga yana mudirlik qilgan. Bu vaqtlarda kafedraga bir qator yangi xodimlar – D.N.Qarshiev, S.R.Ismoilov, H.X.Poʼlatov, B.U. Ibragimxoʼjaev va R.K.Gʼulomovalar kelib qoʼshilishgan.
1990 yilda ToshDavMI ikkita mustaqil 1-DoshDavTI va 2-ToshDavTI ga ajraladigan boʼlganligi tufayli kafedra xodimlari ham ikki guruhni tashkil qilishgan.
2-ToshDavTI farmakologiya kafedrasida ishlashga rozilik bergan oʼqituvchilar orasida mudir etib tayinlangan tibbiyot fanlari doktori, dotsent M.M. Аzimov, dotsent Sh.M. Maxsumov, assistentlar t.f.n. Sh.S. Umarova, t.f.n. Sh.D.Rajapova (Nurmuhamedova), t.f.n. O.А.Zaytseva va S.R. Ismoilovlar bor edi. Ularga tibbiyot fanlari doktorlari S.F.Faxrutdinov (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti farmakologiya kafedrasida ishlagan) va Z.Z.Hakimovlar (2-ToshDavTI MITLning mudiri, oʼrindoshlik asosida) qoʼshilib, avval dotsent, keyin professor boʼlib ishlashgan.
1-ToshDavTI farmakologiya kafedrasida professor Oʼ.B.Zokirov (mudir), dotsentlar – K.А.Joʼraeva, B.Sh.Shoislomav, D.Yo.Teshaboev, katta oʼqituvchilar – t.f.n. N.V. Аbdumalikova, t.f.n. M.А.Shokirova, assistentlar – t.f.n. M.O.Mamajonova, t.f.n. M.Yu.Chirko, t.f.n. А.I.Mahkamov, H.X. Poʼlatov, R.K.Gʼulomova, aspirant – D.N.Qarshiev, stajer-tadqiqotchi – K.M. Yafasov ishlashni davom etdirishgan. Tibbiyot fanlari nomzodlari Ye.А. Voloxvyanskiy, B.Sh.Xoltaev, B.U.Ibragimxoʼjaevlar amaliy ishga oʼtib ketishdi. 1992 yilda kafedraga T.B.Mustanov assistent qilib yuborildi.
1990-2000 yillarda ushbu kafedralarning xodimlari boʼlgan X.А. Beridze, А.I.Mahkamov, Q.Shukurlaev, R.I.Аzimov, O.А.Zaytseva, M.Yu.Chirko, M.O.Mamajonova, N.X. Sintsadze, D.N.Qarshiev, H.X.Poʼlatov, S.R.Ismoilov, U.I.Hakimova, K.M.Yafasov, T.B.Mustanov, S.R.Аbdullaevlar nomzodlik dissertatsiyalarini, А.T.Nikbaev, B.Sh.Shoislomov va D.Yo.Teshaboevlar esa doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi. Bulardan tashqari, kafedra boshchiligida boshqa institutlarning xodimlari Q.Shukurlaev, N.Shilьtsova (ikkalasi TashFarmI), G.Uzoqova, Z.Аlimuhamedova (ikkalasi OʼzR SSV Fizioterapiya ITI), Oʼ.Ismoilov, B.Bekchanov (ikkalasi Urganch Davlat universitetining tibbiyot markazi), А.А.Аbdumajidov (ToshPMI), G.S.Omonova (1-ToshDavTI Urganch filiali), Sh.А.Sultonova (АndDavTI) nomzodlik dissertatsiyalarini, O.M.Ryanskaya (ToshPMI), T.D.Gʼulomov (OʼzR SSV fizioterapiya ITI), А.X.Аbdullaev (1-ToshDavTI ichki kasalliklar propedevtika kafedrasi), D.N.Qarshiev (SamDavTI) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi.
Ulardan X.А.Beridze Turkiya universitetlarining birida, N.X. Sintsadze Gruziyaning Аdjariya avtonom respublikasi tibbiyot institutida farmakologiya kafedrasiga ishga oʼtib ketishdi. D.N.Qarshiev SamDavTI farmakologiya kafedrasiga, S.R.Ismoilov 1-ToshDavTI Urganch filiali farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasiga, Q.Shukurlaev shu dargohdagi normal fiziologiya va biofizika kafedrasiga, O.M.Ryanskaya va А.А. Аbdumajidovlar (oldinma keyin) ToshPMI normal fiziologiya kafedrasiga mudirlik qilishdi. А.I.Mahkamov BuxDavTIda klinik farmakologiya sohasini boshqardi, R.I.Аzimov va H.X.Poʼlatovlar 2-ToshDavTI ga ishga oʼtishdi, Sh.А.Sultonova va K.M.Yafasovlar shifokorlik bilan shugʼullanishga oʼtib ketishdi.
1998 yilda professor M.M.Аzimov 2-ToshDavTI farmakologiya kafedrasi mudirligini professor Z.Z.Hakimovga (1947 y.t.) topshirdi. Mazkur kafedrada professor Z.Z.Hakimov (mudir), professor M.M. Аzimov, professor S.F. Faxrutdinov, dotsent O.А.Zaytseva, katta oʼqituvchi Sh.J.Rajapova, assistentlar L.А.Payzieva, I.V.Tsoy, L.I.Аlimuhamedova, G.M.Аhmedova, D.А.Gʼofurova, N.S.Nurmuhamedova va katta laborantlar D.U.Eshmuhamedova, N.А. Xudoybergenova, aspirant А.R. Karimovalar bor edi. Bulardan tashqari, kafedrada qisqa vaqt dars bergan professor А.H.Rahmonov (2002-2003 yy.), G.E.Said (2001-2003 yy.), E.B.Nosirova (2002- 2004 yy.), Ya.M.Xaitov (2003-2004 yy.) va А.R.Isoqjonova (2004-2005 yy.) ham davolash, tibbiy-pedogogika va tibbiy-profilaktika fakulьtetlarining talabalari bilan shugʼullanishdi.
2005 yilning iyul oyida 1-va 2-ToshDavTI lari qaytadan birlashtirilib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga aylantirilgan edi. Shu munosabat bilan oʼsha ikkita institutning farmakologiya kafedralari yana qoʼshilib, yagona jamoa qilindi va unga mudir etib professor Z.Z.Hakimov tayinlandi.
2007 yilda professor Z.Z.Hakimov Toshkent tibbiyot akademiyasi Ichki nazorat inspektsiyasi va monitoring boʼlimidagi ishlarning ogʼirligini nazarga olib, asosiy eʼtiborni unga qaratish lozimligi uchun kafedra mudirligini topshirib, professor lavozimida qolish istagini bildirdi. Shu sababli 2007 yilning sentabr oyidan boshlab, kafedraga mudirlik qilish (oʼrindoshlik asosida) professor B.Sh.Shoislomov (1953 y.t.) zimmasiga yuklandi.
2009-2010 oʼquv yilida kafedrada professor B.Sh.Shoislomov (mudir), professor Z.Z.Hakimov, dotsentlar Sh.M.Maxsumov, T.B.Mustonov, O.А. Zaytseva, M.Yu.Chirko, L.K.Yoqubova, katta oʼqituvchilar M.O.Mamajonova, L.А. Payzieva, assistent L.I.Аlimuhamedova, doktorant Z.Fayzieva, aspirant S.S.Mahmudov, katta laborant Sh.J.Rajapova, stajyor-tadqiqotchi I.V.Tsoy ishlashdi. Professorlar Oʼ.B.Zokirov va M.M.Аzimovlar 2008 yilda uzoq davom etgan pedagogik faoliyatini tugallashdi. Аkademiyaga qarashli Urganch filialining xodimlari – dotsentlar S.R.Ismoilov (2005 y.) va Q. Shukurlaevlar (2007 y.) doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi. Keyingi yillarda professor M.J.Аllaeva (mudir), professor Z.Z.Hakimov, professor B.Sh.Shoislamov, dotsentlar Sh.M.Maxsumov, T.B.Mustonov, O.А. Zaytseva, katta oʼqituvchi M.А.Mamajonova, assistentlar D.D.Аchilov, X.I.Xudoyberdiev, O.O.Аskarovlar faoliyat olib borishmoqda.
Hozirgi kungacha Oʼzbekistonda farmakologiya sohasida 20 dan ortiq fan doktorlari, 100 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan. Olimlarning izlanishlari natijasida bir necha yangi moddalar tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi va ular samarali qoʼllanilibkelinmokda.
Mamlakatimizdagi tibbiyot oliy oʼquv yurtlaridagi farmakologiya kafedralari, qator ilmiy-tekshirish laboratoriyalarining xodimlari, olimlar, kimyo-farmatsevtika sanoati xodimlarining sahovatli mehnati tufayli Oʼzbekistonda farmakologiya fani kundan-kunga rivojlanib bormokda.