2023-2024 yangi o’quv yili Toshkent tibbiyot akademiyasi yangi o’quv binosida boshlandi. Farmakologiya kafedrasi yangi o’quv binoning 2 va 3 qavatlarida joylashgan. Yangi binoda professor Z.Z. Xakimov tomonidan 1- davolash fakulteti 4-oqim talabalariga farmakologiya fanidan » Xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar» mavzusida ma’ruza o’qimoqda. 05/09/2023 Shaxzod Habibullayev
DIQQAT E’LON!!! 03.05.2023 yilda TTA Farmakologiya kafedrasida «Yosh farmakolog» nomli xalqaro olimpiada o’tkaziladi. Barchani taklif qilamiz. Hurmat bilan farmakologiya kafedrasi jamoasi. 02/05/2023 Sultanov Sardor
07.04.2023 kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmakologiya kafedrasiga ARISE tibbiyot akademiyasi(Haydarobod, Hindiston)dan tashrif buyurgan Dr.Dantuluri Srinivasa Raju tomonidan Xalqaro fakultet xf-20-04 guruh talabalari uchun farmakologiya fanidan master-klass darsi o’tkazildi. 07/04/202307/04/2023 Sultanov Sardor
Diqqat E’LON!!! 28.03.2023 yilda Farmakologiya yo’nalishi bo’yicha Moodle platformasida xalqaro olimpiada bo’lib o’tadi. Professor-o’qituvchi va talabalarni taklif qilamiz. 24/03/2023 Sultanov Sardor
E’LON!!! Hurmatli TTA professor-o’qituvchilari va talabalar, 13 fevral 2023-yil dushanba kuni soat 9:30 da 1-o’quv binosi 4-qavat ma’ruzalar zalida, farmakologiya kafedrasi dotsenti Mamadjanova M.A «Efferent innervatsiya. Xolinergik sinapslarga ta’sir etuvchi dori vositalar» mavzusida ochiq ma’ruza bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan barchani ochiq ma’ruzaga taklif qilamiz. 11/02/2023 Sultanov Sardor
Endilikda siz bizning sayt orqali You Tubeda videodarsliklarimizni ko’rishingiz mumkin. https://youtu.be/WRbLAKvp_pQ 28/12/2022 Sultanov Sardor
Bugun kafedramizda rejalashtirilgan ochiq ma’ruza darsi bo’lib o’tdi. Quyida fotolavhalarini ko’rishingiz mumkin. 20/12/2022 Sultanov Sardor
Kafedramizda yana bir ajoyib yangilik. Yaqinda 14.12.2022 yilda jamoamiz a’zosi S.A.Sultanov CEFR milliy sertifikatdan B2 darajani qo’lga kiritdi. Bu yutug’ bilan tabriklaymiz va boshqalarga ham omad yor bo’lsin. 20/12/2022 Sultanov Sardor
E’LON!!! 2022-yil 19-dekabr kuni III juftlikda (11.00 – 12.20) Farmakologiya kafedrasi ma’ruza zalida (TMA 1-o‘quv binosi, 4-qavat) “Farmakologiya” kafedrasi dotsentining ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi. TMA Zayseva O.A. mavzusida: 1-davolash fakulteti 3-kurs 301-302-guruh talabalari uchun “YALLIG’LANISHGA QARSHI DORILAR VA IMMUNITET TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI DORI VOSITALAR”. Hammani taklif qilamiz.. 15/12/2022 Sultanov Sardor
E’LON! 2022-yil 19-dekabr kuni III juftlikda (11.00 – 12.20) Farmakologiya kafedrasi ma’ruzalar zalida (TMA 1-o‘quv binosi, 4-qavat) “Farmakologiya” kafedrasi dotsenti Sh.M.Maxsumovning 1-davolash fakulteti 3-kurs 303-304-guruh talabalari uchun ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi. Mavzu: “Yallig‘lanishga qarshi va immun tizimiga ta’sir etuvchi preparatlar”. Hammani ochiq ma’ruzaga taklif qilamiz. 15/12/2022 Sultanov Sardor