18-yanvar 2024 yil soat 11:00 da TTA, Farmakologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi: Boboyev Bexzod Muminjon o’g’lining «Ruxning lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining samaradorligini baxolash» mavzusida Kafedralararo muxokamasi bo’lib o’tdi. Rais: Yakubov Abdujalol Vaxobovich ( klinik farmakologiya) 20/01/2024 Sardor Sultanov
Kafedramizda yana bir yutug’, kafedra mudiri professor b.f.d. Allayeva Munira Juraqulovna «Scientific Academy» ilmiy tadqiqot markazi tomonidan 2023-yil 17-sentabrda o’tkazilgan ilmiy tanlovda «Eng faol ishtirokchi» naminatsiyasida e’tirof etildi va ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Ustozimizning keyingi ilmiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz. 27/11/2023 Sardor Sultanov
Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro hamkorlik faoliyatini o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta‘lim muassasalari va tibbiyot markazlarining professor-o‘qituvchilari va mutaxasisslarini jalb etish evaziga kun sayin takomillashtirib bormoqda. Shu kunlarda farmakologiya kafedrasida Qozog‘istonning Xo‘ja Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti Umumiy xirurgiya va farmakologiya kafedrasi professori U.A.Jumaboyev o‘z amaliyotini o‘tamoqda. 13-25-noyabrga qadar davom etadigan stajirovkaning har tomonlama samarali o‘tishi uchun Toshkent ttibbiyot akademiyasida barcha sharoitlar yaratilgan. 27/11/2023 Sardor Sultanov
28-sentabr kun lavhasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti Farmakologiya kafedrasida “#Xon_atlas#” umumxalq festivali doirasida professor-o´qituvchilar,talabalar “Xon atlas” haqidagi ma´lumotlar bilan tanishib, #Xonatlas_chelenji goʻzal va betakror milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi,milliy ramzi bo‘lgan “Xon atlas” dan tikilgan liboslarda Qadriyatlarimizni madh etib she´rlar o‘qidilar. 28/09/202329/09/2023 Sardor Sultanov
2023-2024 yangi o’quv yili Toshkent tibbiyot akademiyasi yangi o’quv binosida boshlandi. Farmakologiya kafedrasi yangi o’quv binoning 2 va 3 qavatlarida joylashgan. Yangi binoda professor Z.Z. Xakimov tomonidan 1- davolash fakulteti 4-oqim talabalariga farmakologiya fanidan » Xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar» mavzusida ma’ruza o’qimoqda. 05/09/2023 Sardor Sultanov
DIQQAT E’LON!!! 03.05.2023 yilda TTA Farmakologiya kafedrasida «Yosh farmakolog» nomli xalqaro olimpiada o’tkaziladi. Barchani taklif qilamiz. Hurmat bilan farmakologiya kafedrasi jamoasi. 02/05/2023 Sardor Sultanov
07.04.2023 kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmakologiya kafedrasiga ARISE tibbiyot akademiyasi(Haydarobod, Hindiston)dan tashrif buyurgan Dr.Dantuluri Srinivasa Raju tomonidan Xalqaro fakultet xf-20-04 guruh talabalari uchun farmakologiya fanidan master-klass darsi o’tkazildi. 07/04/202307/04/2023 Sardor Sultanov
Diqqat E’LON!!! 28.03.2023 yilda Farmakologiya yo’nalishi bo’yicha Moodle platformasida xalqaro olimpiada bo’lib o’tadi. Professor-o’qituvchi va talabalarni taklif qilamiz. 24/03/2023 Sardor Sultanov
E’LON!!! Hurmatli TTA professor-o’qituvchilari va talabalar, 13 fevral 2023-yil dushanba kuni soat 9:30 da 1-o’quv binosi 4-qavat ma’ruzalar zalida, farmakologiya kafedrasi dotsenti Mamadjanova M.A «Efferent innervatsiya. Xolinergik sinapslarga ta’sir etuvchi dori vositalar» mavzusida ochiq ma’ruza bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan barchani ochiq ma’ruzaga taklif qilamiz. 11/02/2023 Sardor Sultanov
Endilikda siz bizning sayt orqali You Tubeda videodarsliklarimizni ko’rishingiz mumkin. https://youtu.be/WRbLAKvp_pQ 28/12/2022 Sardor Sultanov