Yangiliklar
Yangiliklar
Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro hamkorlik faoliyatini o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta‘lim muassasalari va tibbiyot markazlarining professor-o‘qituvchilari va mutaxasisslarini jalb etish evaziga kun sayin takomillashtirib bormoqda. Shu kunlarda farmakologiya kafedrasida Qozog‘istonning Xo‘ja Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti Umumiy xirurgiya va farmakologiya kafedrasi professori U.A.Jumaboyev o‘z amaliyotini o‘tamoqda. 13-25-noyabrga qadar davom etadigan stajirovkaning har tomonlama samarali o‘tishi uchun Toshkent ttibbiyot akademiyasida barcha sharoitlar yaratilgan.
Yangiliklar
28-sentabr kun lavhasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti Farmakologiya kafedrasida “#Xon_atlas#” umumxalq festivali doirasida professor-o´qituvchilar,talabalar “Xon atlas” haqidagi ma´lumotlar bilan tanishib, #Xonatlas_chelenji goʻzal va betakror milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi,milliy ramzi bo‘lgan “Xon atlas” dan tikilgan liboslarda Qadriyatlarimizni madh etib she´rlar o‘qidilar.
Yangiliklar
2023-2024 yangi o’quv yili Toshkent tibbiyot akademiyasi yangi o’quv binosida boshlandi. Farmakologiya kafedrasi yangi o’quv binoning 2 va 3 qavatlarida joylashgan. Yangi binoda professor Z.Z. Xakimov tomonidan 1- davolash fakulteti 4-oqim talabalariga farmakologiya fanidan » Xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar» mavzusida ma’ruza o’qimoqda.
Yangiliklar
E’lon!!! 2023-yil 30-may kuni III juftlikda Farmakologiya kafedrasi ma’ruza zalida (TMA 1-o‘quv binosi, 4-qavat) Farmakologiya kafedrasi dotsenti Maxsumov Sh.M.ning muammoli ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. 2-tibbiyot fakulteti 303-304-guruh 3-kurs talabalari uchun “COVID-19 ni davolashda antikoagulyantlarning ahamiyati” mavzusida. Hammani taklif qilamiz.
Yangiliklar
2023-yil 30-may kuni ikkinchi juftlikda Farmakologiya kafedrasi ma’ruza zalida (TMA 1-o‘quv binosi, 4-qavat) Oddiy va patologik fiziologiya kafedrasi dotsentlari Saidalixo‘jayeva S.S., Tojiboyeva R.B.larning integratsiyalashgan ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. va farmakologiya kafedrasi dotsenti Zaitseva O.A. 2-tibbiyot fakulteti 3-kurs 303-304-guruh talabalari uchun “Anemiyaning fiziologik-patologik jihatlari va eritropoezga ta’sir etuvchi dori vositalari farmakologiyasi” mavzusida. Hammani taklif qilamiz.
Yangiliklar

