Bizda Ajoyib Yangilik!!!!!!!!! Kafedramiz tayanch doktoranti Djanayev Gayrat Yusupovichning PhD himoyasi kuni e’lon qilindi. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi», 14.00.17-Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1722. Ilmiy rahbar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02. Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda To‘raevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Etakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 20/01/2024 Shaxzod Habibullayev
18-yanvar 2024 yil soat 11:00 da TTA, Farmakologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi: Boboyev Bexzod Muminjon o’g’lining «Ruxning lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining samaradorligini baxolash» mavzusida Kafedralararo muxokamasi bo’lib o’tdi. Rais: Yakubov Abdujalol Vaxobovich ( klinik farmakologiya) 20/01/2024 Shaxzod Habibullayev
Kafedramizda yana bir yutug’, kafedra mudiri professor b.f.d. Allayeva Munira Juraqulovna «Scientific Academy» ilmiy tadqiqot markazi tomonidan 2023-yil 17-sentabrda o’tkazilgan ilmiy tanlovda «Eng faol ishtirokchi» naminatsiyasida e’tirof etildi va ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Ustozimizning keyingi ilmiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz. 27/11/2023 Shaxzod Habibullayev
Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro hamkorlik faoliyatini o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta‘lim muassasalari va tibbiyot markazlarining professor-o‘qituvchilari va mutaxasisslarini jalb etish evaziga kun sayin takomillashtirib bormoqda. Shu kunlarda farmakologiya kafedrasida Qozog‘istonning Xo‘ja Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti Umumiy xirurgiya va farmakologiya kafedrasi professori U.A.Jumaboyev o‘z amaliyotini o‘tamoqda. 13-25-noyabrga qadar davom etadigan stajirovkaning har tomonlama samarali o‘tishi uchun Toshkent ttibbiyot akademiyasida barcha sharoitlar yaratilgan. 27/11/2023 Shaxzod Habibullayev
28-sentabr kun lavhasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti Farmakologiya kafedrasida “#Xon_atlas#” umumxalq festivali doirasida professor-o´qituvchilar,talabalar “Xon atlas” haqidagi ma´lumotlar bilan tanishib, #Xonatlas_chelenji goʻzal va betakror milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi,milliy ramzi bo‘lgan “Xon atlas” dan tikilgan liboslarda Qadriyatlarimizni madh etib she´rlar o‘qidilar. 28/09/202329/09/2023 Shaxzod Habibullayev
2023-2024 yangi o’quv yili Toshkent tibbiyot akademiyasi yangi o’quv binosida boshlandi. Farmakologiya kafedrasi yangi o’quv binoning 2 va 3 qavatlarida joylashgan. Yangi binoda professor Z.Z. Xakimov tomonidan 1- davolash fakulteti 4-oqim talabalariga farmakologiya fanidan » Xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar» mavzusida ma’ruza o’qimoqda. 05/09/2023 Shaxzod Habibullayev
E’lon!!! 2023-yil 30-may kuni III juftlikda Farmakologiya kafedrasi ma’ruza zalida (TMA 1-o‘quv binosi, 4-qavat) Farmakologiya kafedrasi dotsenti Maxsumov Sh.M.ning muammoli ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. 2-tibbiyot fakulteti 303-304-guruh 3-kurs talabalari uchun “COVID-19 ni davolashda antikoagulyantlarning ahamiyati” mavzusida. Hammani taklif qilamiz. 29/05/2023 Shaxzod Xabibullayev
2023-yil 30-may kuni ikkinchi juftlikda Farmakologiya kafedrasi ma’ruza zalida (TMA 1-o‘quv binosi, 4-qavat) Oddiy va patologik fiziologiya kafedrasi dotsentlari Saidalixo‘jayeva S.S., Tojiboyeva R.B.larning integratsiyalashgan ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. va farmakologiya kafedrasi dotsenti Zaitseva O.A. 2-tibbiyot fakulteti 3-kurs 303-304-guruh talabalari uchun “Anemiyaning fiziologik-patologik jihatlari va eritropoezga ta’sir etuvchi dori vositalari farmakologiyasi” mavzusida. Hammani taklif qilamiz. 29/05/2023 Shaxzod Xabibullayev
DIQQAT E’LON!!! 03.05.2023 yilda TTA Farmakologiya kafedrasida «Yosh farmakolog» nomli xalqaro olimpiada o’tkaziladi. Barchani taklif qilamiz. Hurmat bilan farmakologiya kafedrasi jamoasi. 02/05/2023 Shaxzod Xabibullayev
07.04.2023 kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmakologiya kafedrasiga ARISE tibbiyot akademiyasi(Haydarobod, Hindiston)dan tashrif buyurgan Dr.Dantuluri Srinivasa Raju tomonidan Xalqaro fakultet xf-20-04 guruh talabalari uchun farmakologiya fanidan master-klass darsi o’tkazildi. 07/04/202307/04/2023 Shaxzod Xabibullayev