E’lon!!! Hurmatli Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabalari! 08.02.2022y kunida Farmakologiya fanidan o’tkazilgan Yakuniy nazorat testida texnik nosozlik kelib chiqishi natijasida Moodle tizimi ishlamaganligi tufayli qatnasha olmagan talabalar uchun 10.02.2022y kunida soat 15:00 dan 21:00 ga qadar Yakuniy nazorat testini topshirish imkoniyati beriladi. Qarzdorligi mavjud bo’lgan talabalar 09.02.2022y soat 11:00 dan 10.02.2022y soat 12:00 ga qadar qayta topshirishlarni imkon qadar amalga oshirishingiz so’raladi. Qarzdorligi qolmagan talabalar Yakuniy nazorat testiga kirish uchun Moodle tizimida ruxsat beriladi. Test ishlash vaqtida har bir testni ishlagandan so’ng keyingi testga o’tishingiz va nosozliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida ortga qaytish amalini bajarmasligingiz kerakligini ma’lum qilamiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan